GʻOZGʻON SHAHRIDA 4-UMUMTA’LIM MAKTABINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
28.12.2023
Yangi ta’lim muassasasi tobora yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami arafasida shahar aholisi uchun munosib tuhfa bo‘ldi.
O‘quv maskanining ochilish marosimida Gʻozg‘on shahar hokimi Azim Bazarov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, nuroniylar, maktab jamoasi, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari ta’lim muassasasida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar mukammal bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratilgan. Ilm dargohi bugun 184 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga oldi.