HOKIM SHAYXONLIKLAR MUROJAATLARINI TINGLADI
17.01.2024
Gʻozg‘on shahri hokimi Azim Bazarov “Shayxon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi. Unda aholining 10 dan ortiq turli soha va yo‘nalishdagi muammo va takliflari qabul qilindi.
Jarayonda aholining mavjud muammolarini yaqindan o‘rganish va murojaatlarning joyida hal etilishiga asosiy e’tibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.