G‘ozg‘on shahrida 2023-yil yakuni hamda 2024-yildagi istiqboldagi rejalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
19.01.2024
Bugun Gʻozg‘on shahar hokimligi majlislar zalida hududda 2023-yil yakuni va 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan shahar hokimi Azim Bazarov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda shahar hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, korxona, tashkilot va muassasalar hamda MFY mas’ullari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar shahar hokimi tomonidan sohalar kesimida ko‘rib chiqildi. Bir qancha sohalar keskin tanqid ostiga olindi.
Keyingi navbatda hokim o‘rinbosarlarining joriy yilga mo‘ljallangan rejalari tinglandi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.