07.02.2024
Davlatimiz rahbarining 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan shahar hokimi Azim Bazarov, hokim o‘rinbosari R.Shodiyev hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Mas’ullar ishtirokida muassasaning issiqlik tizimi holati, o‘quvchi-yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
"Dars muqaddas" ekanligi inobatga olingan holatda "Tanaffus vaqti" doirasida shahar hokimi yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordi.
Keyingi navbatda, pedagoglar jamoasi bilan bir muddat suhbat qurilib, ularning taklif, tashabbus va muammolari tinglandi.