GʻOZGʻON SHAHAR HOKIMIGA BIRINCHI O‘RINBOSAR TAYINLANDI
07.02.2024
Gʻozg‘on shahar hokimligi faollar zalida Navoiy viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Erkin Avezov hamda shahar hokimi Azim Bazarov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, korxona, tashkilot va muassasalar mas’ullari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Gʻozg‘on shahar hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Nodirjon Adilbayevich Zoyirov tanishtirildi.
Yig‘ilishda N.Zoyirovning tarjimayi holi o‘qib eshittirilib, mehnat faoliyati, tashabbuskorligi haqida ijobiy fikrlar bildirib o‘tildi.