"GʻOZGʻON POLIGRAF SERVICE" MCHJ HAMDA "NAVQIRON GʻOZGʻON" GAZETA TAHRIRIYATI YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
09.02.2024
Bugun Gʻozg‘on shahri "Tumar" MFY hududida barcha qulaylikka ega "Gʻozg‘on poligraf service" hamda "Navqiron Gʻozg‘on" gazeta tahririyatining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Marosimda Gʻozg‘on shahar hokimi Azim Bazarov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Mamarajabov, faxriy jurnalistlar hamda matbuot sohasi xodimlari, shahar sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar ushbu majmuaning ochilishi hududda bevosita bosma nashriyotning keng quloch yozishiga ishonch bildirib, tadbirkor E.Esanovning faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi.