NAVOIY YODI ILA YASHAYMIZ MUDOM!
09.02.2024
Bugun Gʻozg‘on shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida shahar hokimi Azim Bazarov so‘zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarini bugungi kun bilan samimiy qutladi.
Keyingi navbatda o‘quvchi-yoshlar tomonidan Alisher Navoiy qalamiga mansub "Hamsa" asaridan tayyorlangan sahnaviy chiqishlar namoyish etildi.
Shundan keyin mutafakkir qalamiga mansub g‘azallardan namunalar aytilib, Navoiy dahosi va uning millatimiz oldidagi xizmatlari e’tirof etildi.