22.02.2024
Gʻozg‘on shahar hokimi A.Bazarov hamda shahar IIB boshlig‘i A.Muhitdinovlar "Marmarobod" MFY binosida fuqarolar murojaatlarini tingladi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan 15 ga yaqin turli soha va yo‘nalishda muammo va takliflar qabul qilindi.
Murojaatlarning aksariyati, tibbiy xizmat, tadbirkorlik qilish uchun uskunalar olishga amaliy yordam, kasbga o‘qitish, uy ta'miri uchun ko‘maklashish, Osiyo hududidagi sel yo‘lini tozalashga yordam berish, ichki ko‘chalarga asfalt qoplamalari yotqizib berish, doimiy ishga joylashish kabi bir qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.
Qabul davomida murojaatlarning salmoqli qismi ijobiy bartaraf etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Gʻozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati