26.02.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Gʻozg‘on shahar bosqichi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli I o‘rinni 2-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, II o‘rinni 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, III o‘rinni esa 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Taqdirlash marosimida shahar hokimi Azim Bazarov ishtirok etib, barcha ishtirokchi, tashkilotchi va mas’ullarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, yoshlarga kitoblar jamlanmalari hamda pul mukofotlari vaucherlarini egalariga topshirdi.
Ma'lumot uchun, tanlovning shahar bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga 100 million so‘m, 2-o‘ringa 75 million, 3-o‘rin uchun esa 50 million so‘m pul mukofotlari ajratiladi.