SAYYOR QABULLAR - MUROJAATLARGA ENG MAQBUL YECHIM
29.02.2024
Gʻozg‘on shahri hokimi Azim Bazarov “Tumar” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi.
Unda fuqarolar tomonidan doimiy ishga joylashish, tibbiy xizmat, moddiy yordam, asfalt qoplamalari yotqizish, beton lotok o‘rnatib berish, qattiq shamol natijasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish kabi 15 ga yaqin turli soha va yo‘nalishdagi muammo va takliflari qabul qilindi.
Jarayonda bir qancha murojaatlar joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.