ISHCHI GURUH G'OZG'ON SHAHRIDA
12.03.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Q.Sariyev, Gʻozg‘on shahar hokimi A.Bazarov boshchiligidagi mas'ullar hududdagi marmar va granit toshlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan yirik ishlab chiqarish klasteri "Marmarobod" MCHJ ga tashrif buyurdi.
Keyingi navbatda, hududda faoliyat yuritib kelayotgan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Premier Textile» fabrikasiga tashrif buyurdi
Tashriflar davomida korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, korxonaning eksport salohiyati, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusi rejalar xususida suhbatlashdi.