13.03.2024
Joriy yilning 4-7 mart kunlari Toshkent shahrida USHU-SANDA sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu chempionatda uch nafar Gʻozg‘on sport maktabi tarbiyalanuvchilari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
- 52 kg vazn toifasida Maftuna Nabiyeva faxrli 2-o‘rin;
- 60 kg vazn toifasida Gʻanisher Nabiyev faxrli 3-o‘rin;
- 52+ kg vazn toifasida Bekmurod Nabiyev faxrli 3-o‘rin;
Bugun Gʻozg‘on shahar hokimi Azim Bazarov ushbu chempionlarimiz bilan uchrashib, ularga Diplom, medal hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Gʻozg‘on sportchilar, polvonlar yurti. Sizdagi shijoat va jasurlik bilan biz hamisha faxrlanamiz. Sizning bugungi yutug‘ingiz minglab tengdoshlaringizni ortingizdan ergashtirishiga ishonaman! Omad va zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!, - deydi hokim o‘z so‘zida.
Sport murabbiyi: Eldor Mardonov