OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILAN, NAVROʻZ!
19.03.2024
Bugun yurtimiz bo‘ylab yangilanish va yasharish ayyomi bo‘lmish Navro‘zi olam shodiyonalari nafasi ufurib turibdi.
Bugun G‘ozg‘on shahrida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z" nomi ostida tayyorlangan bayram sayli bo‘lib o‘tdi.
Bayram sayli avvalida shahar hokimi Azim Bazarov barchani yangilanish va yasharish ayyomi bilan samimiy qutladi.
Keyingi navbatda milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy xalq o‘yinlari, urf-odatlarni o‘zida aks ettirgan sahnaviy chiqishlar, xushovoz xonandalarning diltortar kuy-qo‘shiqlari barchani birdek o‘yinga chorladi.
Bayram tadbirlari hudud bo‘ylab davom etmoqda...