G‘OZG‘ON SHAHRIDA "SAYXUNOBOD TAJRIBASI" ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
27.03.2024
G‘ozg‘on shahri hokimi Azim Bazarov boshchiligidagi tegishli mas'ullar birgalikda "Marmarobod" mahallasida "Bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili asosida xonadonlarda tomorqalardan samarali foydalanilish holati, “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad” degan mezon asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Tanishish asnosida fuqarolarga yerlardan unumli foydalanishi, tomorqa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, tomorqalarni obodonlashtirish, daraxtlarni oqartirish va ko‘kalamzorlashtirish, xonadonlarni tartibga keltirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tmoqda.