RO‘ZADORLAR UCHUN IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI
27.03.2024
G‘ozg‘on shahar hokimligi tomonidan Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan 110 nafar ro‘zadorga iftorlik dasturxoni yozildi.
Unda shahar hokimi Azim Bazarov boshchiligida sektor rahbarlari, yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlar, mahalla faollari, ehtiyojmand oila aʼzolari jam bo‘ldilar.
Duoga qo‘l ochgan nuroniylar yurtga tinchlik-omonlik so‘radilar, bunday hur, emin-erkin zamonning qadriga yetish, shukrona keltirish lozimligini taʼkidladilar.
Muborak Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, maʼnaviy poklik, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilish, ahil va hamjihat bo‘lib yashashga daʼvat etuvchi xayrli tadbirlar hudud bo‘ylab davom etmoqda.