G‘OZG‘ONLIK YOSHLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT
03.04.2024
"Thompson school" IT va ingliz tili o‘quv markazi ochilish marosimida shahar hokimi Azim Bazarov, hokim o‘rinbosari R.Shodiyev, mutasaddilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi barchani ushbu o‘quv markazining ochilishi bilan samimiy qutladi. Markazning maxsus lentalari kesilib, tantanali ochib berildi.
Keyingi navbatda tadbir ishtirokchilari markazda yoshlarning ta'lim olishlari uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.