19.04.2024
Navoiy viloyati prokurori Azamat Mirzayev, shahar hokimi Azim Bazarov hamda sektor rahbarlari Gʻozg‘on shahridagi marmar va granit plitalar ishlab chiqaruvchi "Marmarobod" MCHJ sanoat korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, korxonaning eksport salohiyati, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusi rejalar xususida tadbirkorlar hamda mas’ullar bilan atroflicha suhbatlashildi.
Shuningdek, Gʻozg‘on shahrining yangi shahar qismida bunyod etilayotgan G‘ozg‘on shahar prokuraturasi binosi qurilish ishlari bilan tanishildi.
Jumladan Azamat Mirzayev "Tumar" mahallasida boʻlib, "mahalla yettiligi" bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashdi. Hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlarida ham bo‘lib, ularning muammo, taklif hamda murojaatlarini tinglab, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.