24.04.2024
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘ktam Islomov, O‘zMTDP Navoiy viloyati Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati Ilhom Rajabov, G'ozg'on shahar hokimi Azim Bazarovlar "Marmarobod" MFY binosida shahar faollari va fuqarolar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunining shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbiri to‘g‘risida"gi 204-sonli qarorining mazmun mohiyati, ayniqsa energetika tariflari va belgilangan ijtimoiy normalar to‘g‘risida aholiga deputatlar tomonidan batafsil tushuncha berildi.
Uchrashuvda fuqarolar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ul va mutasaddilar tomonidan javob berib o'tildi.