01.05.2024
G‘ozg‘on shahar hokimi Azim Bazarov, "Hududgaz Navoiy" gaz ta'minoti filiali bosh muhandisi Sh.Xudoyqulovlar "Shayxon" mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot mas’ullari ishtirok etishdi.
Qabul davomida aholining mavjud muammolarini yaqindan o‘rganish va murojaatlarning joyida hal etilishiga asosiy e’tibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ish yurituviga olinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-son Qarori mazmun-mohiyati, qarorga asosan 2024-yil 1-may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan tabiiy gaz hamda elektr energiyasi tariflarini o‘zgarishi bo‘yicha yig‘ilganlarga tushunchalar berildi.