TADBIRKORLAR HUQUQI QONUN HIMOYASIDA!
02.05.2024
Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining 21.11.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi “Nasiba kelajagi sari” MChJning foydasiga jami 1 mlrd 335 mln. so‘m undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning barcha hisob-raqamlari va ko‘chmas mulklariga ta’qiq hamda inkassalar qo‘yildi.
Qarzdor tomonidan 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilganligi hamda qarzdor va undiruvchi o‘zaro kelishib, qolgan qarzdorlikni bo‘lib-bo‘lib to‘lashgan kelishganliklari bois, ijro hujjat bo‘lim tomonidan tamomlandi.
Kelgusi faoliyat davomida tadbirkorlar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash va ularni sonini qisqartirish yuzasidan ijro harakatlari davom ettiriladi.