SAYYOR QABULLAR - INSON QADRI UCHUN!
17.05.2024
Bugun Gʻozg‘on shahar hokimi Azim Bazarov, shahar prokurori Sh.Gʻafforov, shahar IIB boshlig‘i A.Muhitdinovlarning "Marmarobod" mahallasi aholisi murojaatlarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan 20 ga yaqin turli soha va yo‘nalishdagi muammo va takliflar qabul qilindi.
Murojaatlarning aksariyati, tibbiy xizmat, moddiy yordam, kontrakt pulini to‘lashga amaliy yordam, uy ta'miri uchun ko‘maklashish, doimiy ishga joylashish hamda kommunal sohaga oid muammolarni o‘z ichiga oldi.
Qabul davomida murojaatlarning salmoqli qismi ijobiy bartaraf etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.