G‘OZG‘ON SHAHRIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRLARI BOʻLIB OʻTDI
25.05.2024
Bugun G‘ozg‘on shahrining barcha umumta’lim maktablarida “Ilm saodat kaliti!” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Shahar hokimi Azim Bazarov, sektor rahbarlari, shahar hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, tashkilot rahbarlari, ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar hududdagi mavjud umumiy o'rta ta'lim maktablarida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarida ishtirok etishdi.
Tadbir davomida sektor rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Keyingi navbatda o‘quv yili davomida yutuqlarga erishgan bir guruh o‘quvchi, o‘qituvchi hamda ota-onalar taqdirlanishdi.