15.06.2024
Gʻozg‘on shahrida shahar hokimligi tomonidan yoshlar oyligi doirasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida hududda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar, korxona, tashkilot va muassasalar jamoalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tanlov turli soha va yo‘nalishga doir mantiqiy savollar doirasida jamoalar o‘zaro kuch sinashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o'rinni "VICTUS TEAM" jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, 2-o'rinni "INSON" jamoasi, 3-o'rinni esa 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Shu bilan bir qatorda, "Bilimdonlar" hamda "Atlant" jamoalari eng faol jamoalar sifatida e’tirof etildi.
Quvonarlisi, ushbu bellashuvda, yigirmaga yaqin jamoalar, yuzga yaqin zakovatchilar bosh sovrin uchun bellashishdilar.
Taqdirlash marosimida shahar hokimi Azim Bazarov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.