Tadbirkorlar murojaatlari tinglandi
20.06.2024
Bugun Gʻozg‘on shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimi Azim Bazarov, Kadastr agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Nishonov, Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.To‘xtayevlar tomonidan tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda o‘ndan ziyod tadbirkorlarning kadastrga oid muammo va savollari tinglandi.
Qabul davomida ishbilarmonlarning ko‘chmas mulkini ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish va boshqa masalalardagi murojaatlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi.