16.07.2024
G‘ozg‘on shahrida 2024-yil 1-iyul holatiga, davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik biznes sub’ektlari soni 451 tani tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 62 taga (2023-yilda 389 ta) oshgan.
Xuddi shuningdek, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan kichik biznes sub’ektlari soni 399 tani tashkil etib, 52 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar turli sabablarga ko‘ra vaqtincha faoliyat olib bormayapti, 15 ta kichik biznes sub’ektlari faoliyati tugatilgan.
2024-yil yanvar-iyun oylarida 54 ta yangidan tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatida o‘tkazildi, jumladan; 44 ta kichik biznes sub’ektlari va 10 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Aholini biznesga jalb etish bo‘yicha 2024-yilda 635 nafar aholini biznesga jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, 2024-yil yanvar-iyun oylarida 443 nafar aholi tadbirkorlikka jalb qilindi (rejaga nisbatan 172 foiz).
Shundan, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga 392 ta, yangi korxonalar tashkil etish orqali 44 ta aholi o‘z biznesini boshladi.
Nodirjon Zoyirov
G‘ozg‘on shahar hokimining birinchi o‘rinbosari