16.07.2024
Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Ismatovich Samadov boshchiligidagi tegishli mas’ullar, viloyat hokimi o‘rinbosari E.Kamolov hamda shahar hokimi A.Bazarov hamrohligida G'ozg'on shahrida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O'rganish jarayonida xususan, yangi shahar hududida bunyod etilayotgan shahar prokuraturasi, shahar hokimligi binolari, shahar markaziy shifoxonasi hamda “Marmarobod” MFY "Hurriyat" ko‘chasida joylashgan 3-sonli DMTT binosini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha 90 o‘rinli blok qurish ishlari, Gʻozg‘on shahrida sanoat korxonalarining uzluksiz ishlashi va yangi rejalashtirilgan loyihalarga zarur bo‘ladigan elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quvvati 25000 kVA bo‘lgan 2 ta transformatorli, 110/35/10 kvli podstansiya hamda 12 kilometr uzunlikdagi 2 zanjirli 110 kvli havo elektr tarmog‘i qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tanishish asnosida, bir qator masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.