DARAXT KO'CHATI EKING, BOG' YARATING!
10.11.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqilib, 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.
Xususan, bugun 10-noyabr kuni shahardagi "Yashil makon" loyihasi uchun tayyorlangan hududlarda G'ozg'on shahar hokimi boshchiligidagi tashabbuskor korxona va tashkilot xodimlari, shahar kengashi faol deputatlari birlashib manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.