10.11.2021
Joriy yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonI bilan Normat Tulkunovich Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Bugun esa G'ozg'on shahrida faoliyat yurituvchi klaster loyihalari va yirik ishlab chiqarish zavodlaridagi ish jarayoni bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov shaharga tashrif buyurdi.
Tashrifning ilk qismida shahar mas'ullari G'ozg'onda joylashgan mahalliy va xorijiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan kichik va yirik ishlab chiqarish zavodlarining eksport hamda mahsulot ishlab chiqarish ko'rsatkichlari bilan N.Tursunovni tanishtirishdi.
Ushbu tashrif davomida ishchi guruh a'zolari G'ozg'on shahrining tashrif qog'oziga aylangan Marmarobod MCHJ klasterida bo'lishdi.
Marmarobod MCHJ zavodida rahbarlik qilib kelayotgan Sh.Sharipov ishchi guruhga boshchilik qilib, zavodning ayni damdagi ishlab chiqarish va eksport ko'rsatkichlari bilan tanishtirdi.
Jumladan, zavodning yillik eksport rejasi 600 ming AQSH dollari bo'lib hozirgi kunda Singapur davlatining “Enter Engineering” kompaniyasi bilan 2 mln AQSH dollarlik eksport uchun shartnomalar kelishuvi imzolangan. Shuningdek, korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 500 ming metr-kvadratni tashkil qilib, MDH davlatlaridan Qozog'iston va Tojikiston bilan doimiy hamkorlik qilib kelmoqda.
"Marmarobod" klasteridan so'ng Ishchi guruhning navbatdagi manzili Shohimardon ziyoratgohi bo'lib, ushbu qadimiy ziyoratgohda rejalashtirilgan rekonstruksiya qilish ishlari bo'yicha mahalliy nuroniylar bilan suhbatlashib, tashrif so'ngida esa ziyoratgohda qur'on tilovat qilindi.
Behruzjon AMONBOYEV
G'ozg'on shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari