12.11.2021
G'ozg'on shahridagi “Marmarobod jilosi” fermer xoʻjaligida chorva ozuqasini gidroponika usulida yetishtirish yoʻlga qoʻyildi.
Dastavval marmar toshlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxonaning boʻsh turgan binosida o'z mablagʻlari hisobidan maxsus uskuna oʻrnatildi.Donni namlatib, gidroponika usulida koʻk ozuqa yetishtirish uchun sharoit yaratildi.
G'ozg'on shahrida ushbu loyiha Zavqiddin Sharipov tomonidan ilk bor yo'lga qo'yiib, hozirda nasldor, chet el qoramollari fermer xo'jalikda boqilmoqda. Loyihaning ish faoliyati bilan shahar hokimi yaqindan tanishdi.
G'OZG'ON SHAHAR HOKIMLIGI
AXBOROT XIZMATI RAHBATI AMONBOYEV BEHRO'ZJON